Bo’limlar

Jarrohlik bo’limi

Jarrohlik bo’limi 25 o’ringa ega bo’lib, endokrin bezlar sohasidagi jarrohlik aralashuvlarini amalga oshiradi. Bo’limda laparoskopik uskuna qo’llaniladi. Bo’limda besh nafar jarroh-endokrinolog faoliyat yuritadi: Yuldashev Maxmud Maxamadjanovich, Nomonbekov Alisherbek Usmanovich, Yusupov Dilmurodjan G’ulamjanovich, G’alatov Abror Alibekovich va Nomonbekov Qosimbek Alisherbek o’g’li.

Jarrohlik bo'limi

Asosiy faoliyat yo’nalishlari va davolanadigan kasalliklar

Qalqonsimon bez rezeksiyasi

bezning bir qismini yoki to’liq olib tashlash operatsiyasi bo’lib, yirik tugunlar, saraton shubhasi yoki dori bilan davolab bo’lmaydigan gipertireoz holatlarida qo’llaniladi.

Tireoidektomiya

qalqonsimon bezni to’liq olib tashlash operatsiyasi, asosan zararli o’sma tashxisi tasdiqlangan yoki bez sezilarli darajada kattalashgan holatlarda amalga oshiriladi.

Buyrak usti bezi operatsiyalari

gormonal faol o’smalar aniqlangan hollarda qo’llaniladigan jarrohlik aralashuvi.

Laparoskopik operatsiyalar

kichik kesmalar orqali amalga oshiriladigan, tiklanish davri qisqaroq bo’lgan zamonaviy jarrohlik usuli.

Operatsiyadan so’ng bemorlar kuzatuv uchun jonlantirish bo’limiga yoki bevosita jarrohlik bo’limining kuzatuv xonalariga joylashtiriladi.

Jarrohlik aralashuvi tavsiya etilgan bemorlarga operatsiyadan oldin barcha zarur laboratoriya va asboblar tekshiruvidan o'tish, shuningdek doimiy qabul qilinayotgan dorilar (ayniqsa qon suyultiruvchi vositalar) haqida shifokorni oldindan xabardor qilish tavsiya etiladi.

—