Bo’limlar

Diabetik nefropatiya bo’limi

Diabetik nefropatiya bo'limi muassasaning terapiya yo'nalishi tarkibida faoliyat yuritib, umumiy 110 o'rinli statsionar bazasidan foydalanadi. Bo'lim qandli diabet fonida buyrak faoliyati buzilgan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan.

Diabetik nefropatiya bo'limi

Asosiy faoliyat yo’nalishlari va davolanadigan kasalliklar

Diabetik nefropatiya

uzoq muddat davomida nazoratsiz qolgan yuqori qon shakari darajasi buyrak to'qimalarini shikastlashi natijasida rivojlanadi. Kasallik asta-sekin rivojlanadi va dastlabki bosqichlarda ko'pincha simptomsiz kechadi.

Mikroalbuminuriya

buyrak shikastlanishining eng erta belgisi bo'lib, siydikda oqsilning ozgina miqdorda paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi va laboratoriya tahlili orqali aniqlanadi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi

diabetik nefropatiyaning rivojlangan bosqichi bo'lib, buyrak faoliyatining sezilarli darajada pasayishi bilan kechadi va maxsus davolash rejimini talab qiladi.

Arterial gipertenziya

diabetik nefropatiya bilan tez-tez birga kechadigan holat bo'lib, buyrak shikastlanishini yanada tezlashtirishi mumkin, shu sababli qon bosimini nazorat qilish davolashning muhim qismi hisoblanadi.

Bemorlar uchun ma’lumot va tavsiyalar

Qandli diabet tashxisi qo'yilgan barcha bemorlarga, hatto shikoyat bo'lmagan taqdirda ham, yiliga kamida bir marta buyrak faoliyatini (siydikdagi oqsil va qon kreatinini) tekshirtirish tavsiya etiladi. Bu buyrak shikastlanishini erta bosqichda aniqlash va asoratlarning oldini olish imkonini beradi.

—